Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova Zagreb Gran-prisida sovrindorlar qatoridan joy oldi.
-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz yarimfinalga qadar muvaffaqiyatli yetib bordi. Biroq final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda Vengriya vakilasiga imkoniyatni boy berdi.
Keldiyorova bronza medali uchun kechgan bellashuvda Fransiya vakilasini mag‘lubiyatga uchratib, musobaqaning uchinchi o‘rinini egalladi.
Shu tariqa, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Zagreb Gran-prisini bronza medali bilan yakunladi.