Live
2
O'zbek

Ronaldinio «Ravenna» safida asosiy tarkibda maydonga tushadi

Futbol
14 noyabr, 01:40
Braziliyalik sobiq futbolchi 11 yillik tanaffusdan keyin rasmiy bahsda ishtirok etishga tayyor.
Ronaldinio «Ravenna» safida asosiy tarkibda maydonga tushadi
Foto: Getty Images

15 noyabr, yakshanba kuni «Ravenna» «Forli»ga qarshi derbi bahsida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvda asosiy e’tibor sentabr oyida jamoaga qo‘shilgan Ronaldinioga qaratiladi. Braziliyalik futbolchi 11 yillik tanaffusdan keyin yana rasmiy bahsda ishtirok etishi mumkin.

«Barselona»ning sobiq yulduzi uchun bu safargi bahs avval o‘ynagan ulkan arenalardan ancha farq qiladi. Shunga qaramay, Ronaldinio o‘zini ko‘rsatishga, hatto faoliyatidagi 300-golini urishga umid qilmoqda.

«Ravenna» bosh murabbiyi Andrea Mandorlini braziliyalik futbolchi bahsni asosiy tarkibda boshlashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldinio maydonga ilk daqiqalardanoq tushadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldinio faoliyati davomida «Barselona» safida ham to‘p tepgan va 2005-yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Ravenna» — «Forli» derbisi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar