Madridning «Real» klubi «UD Logrones» bilan yosh yarimhimoyachi Latif Issman transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Marca nashri xabariga ko‘ra, tomonlar bitim shartlarini payshanba kuni yakuniy kelishib olgan. Futbolchi 2027-yil yozida Madrid klubiga o‘tadi va dastlab «Kastilya» tarkibiga qo‘shiladi.
«Real» skautlari 1 noyabr kuni 20 yoshga to‘lgan Issmanni yozdan buyon kuzatib kelmoqda. Muzokaralarning eng faol bosqichi esa so‘nggi haftalarga to‘g‘ri kelgan.
Madridliklar yosh futbolchini markaziy yarimhimoya pozitsiyasida o‘ynaydigan istiqbolli ijrochi sifatida baholamoqda. Klubda u maydon markazida muvozanatni saqlash bilan birga, hujumlarga ham faol qo‘shila oladi, deb hisoblashmoqda.
Issman ushbu mavsumda 11 ta bahsda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Latif Issman 2006-yil 1-noyabrda tug‘ilgan va hozirda 20 yoshda.