Live
4
O'zbek

Skoulz Erling Holandning kelajagi haqida taxmin bildirdi

Futbol
12 noyabr, 10:09
Norvegiyalik forvard bu mavsumda 12 ta gol urdi.
Skoulz Erling Holandning kelajagi haqida taxmin bildirdi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barselona». U «Real» futbolchisiga o‘xshaydi, uni Madrid klubi libosida juda yaxshi tasavvur qila olaman... Ammo u «Barselona»ga o‘tadi», — dedi Skoulz The Good, The Bad & The Football YouTube kanalidagi videoda.

Ma’lumot uchun, norvegiyalik futbolchi bu mavsumda «Manchester Siti» safida Angliya chempionatida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasidagi 5 ta uchrashuv va 3 ta gol bor. Enso Mareska boshqaruvidagi «shaharliklar» 21 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar