«Manchester Yunayted»ning sobiq ustozi Maykl Kerrik klubdan ketganidan so‘ng o‘z muxlislari va jamoadoshlariga murojaat qildi.
«Oxirgi paytlarda natijalarimiz kutilganidek bo‘lmaganini yaxshi bilaman. Shunga qaramay, siz menga mehr va qo‘llab-quvvatlashni ayamadingiz, aksariyat odamlar eng oson yo‘lni tanlab, chetga chiqib ketadigan paytda ham men bilan birga bo‘ldingiz. Bu men uchun bir-ikki g‘alabadan ham muhimroq. Sizlarni aynan shunday qilib ulug‘laydigan jihat ham shu. Shu bois men bu klubni ko‘p yillar oldinyoq yaxshi ko‘rib qolganman. Alohida minnatdorchilikni o‘zimning murabbiylar shtabimga bildirmoqchiman. Har kuni bor kuchingizni berib ishladingiz, men bundan ortig‘ini so‘ray olmasdim. Sadoqatingiz, tinmay mehnat qilganingiz va doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz uchun benihoya minnatdorman. Futbolchilarga ham mehnatlaringiz va birga boshdan kechirgan lahzalarimiz uchun rahmat aytaman. Kelajakda sizlarga faqat omad tilayman. «Manchester Yunayted»ga faqat muvaffaqiyat tilayman. Bu klub hayotimda ulkan o‘rin egallaydi va bu hech qachon o‘zgarmaydi. Unga qo‘shgan hissam bilan har doim faxrlanaman va doimo eng ezgu tilaklarni tilab qolaman. Endi jamoani sizlar bilan birga chetdan kuzataman va yigitlarni qo‘llab-quvvatlab boraman», — deya yozib qoldirgan Kerrik.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» 12-noyabr kuni Kerrikni iste’foga chiqarishga qaror qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi