Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolashdan yana bosh tortdi.
The Athletic nashri xabar berishicha, portugaliyalik yarimhimoyachi kelishuvni uzaytirish bo‘yicha klubning ikkinchi taklifini ham rad etgan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yoz faslidan buyon davom etmoqda.
32 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, klub shartnomani yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirish imkoniyatiga ega.
Brunu 2020-yildan buyon «Manchester Yunayted» safida o‘ynab kelmoqda. U APLning ushbu mavsumida 9 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fernandesh shartnomani uzaytirish bo‘yicha «MYU»ning ikkinchi taklifini ham rad etdi
Futbol
13 noyabr, 04:15
14
Portugaliyalik yarimhimoyachi 2020-yildan buyon mankunianliklar safida o‘ynaydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi