Live
4
O'zbek

Ponomaryov: «Rossiya O‘zbekistonga 5 ta gol urishi kerak edi. Saviyasiz jamoaga qarshi 1,5 bo‘lim ovora bo‘ldik»

Futbol
13 noyabr, 06:40
    132
SSKA sobiq futbolchisi ruslarning sharmandalikdan qutulib qolgani haqida gapirdi.
Ponomaryov: «Rossiya O‘zbekistonga 5 ta gol urishi kerak edi. Saviyasiz jamoaga qarshi 1,5 bo‘lim ovora bo‘ldik»
Foto: Getty Images

Moskvaning SSKA klubi sobiq futbolchisi Vladimir Ponomaryov Rossiya milliy jamoasining Oʻzbekiston (3:2) ustidan qozongan gʻalabasi haqida fikr bildirdi.

Bahs davomida Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, yakunda vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira oldi.

«O‘zimni sirkka kelib qolgandek his qildim. Chunki ko‘rganlarim sirkda ayiqlarning xokkey o‘ynashini eslatdi.

Bunday raqib darvozasiga 5 ta gol urish kerak edi. O‘zbekiston milliy jamoasi umuman futbol o‘ynashni bilmaydi. Biz esa shunday saviyasiz jamoaga qarshi bir yarim bo‘lim ovora bo‘ldik, hatto o‘z darvozamizga ham gol olib keldik.

Agar mag‘lubiyatga uchraganimizda, bu sharmandalik bo‘lardi»
, — deya Ponomaryovning so‘zlarini keltiradi Rusfootball.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

132 izoh +6 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar