Rossiya milliy jamoasi tarixiy g‘alabaga erishdi.
Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Oʻzbekistonga qarshi bahsning 70-daqiqasiga kelib 0:2 hisobida ortda borayotgandi. Biroq ruslar uch marta gol urishga muvaffaq boʻlishdi va oʻrtoqlik bellashuvida gʻalaba qozonishdi.
Bungacha Rossiya milliy jamoasi o‘yin davomida ikki gol farqi bilan ortda bora turib, hech qachon yutolmagandi. Eng yaxshi holatda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Jumladan, 2017-yilda Belgiya (3:3) va Ispaniya (3:3), 2003-yilda Shveytsariya (2:2), 2001-yilda Gretsiya (3:3) hamda 1996-yilda Chexiyaga (3:3) qarshi o‘yinlarda kambek qayd etilgan.
Rossiya o‘z tarixida ilk bor ikki to‘p farqidagi ortda qolishni g‘alabaga aylantirdi
Futbol
12 noyabr, 23:10
52
O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba ruslar uchun tarixiy natijaga aylandi.
Foto: UFA
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi