Live
3
O'zbek

Mostovoy: «O‘zbekiston yo‘llanmalar soni ko‘paygani uchun JChga chiqqan. O‘rtacha jamoa»

Futbol
12 noyabr, 23:35
    183
Rossiyalik sobiq yarimhimoyachi o‘rtoqlik o‘yinidagi g‘alaba va Kannavaroning nega O‘zbekistonga kelgani haqida gapirdi.
Mostovoy: «O‘zbekiston yo‘llanmalar soni ko‘paygani uchun JChga chiqqan. O‘rtacha jamoa»
Foto: Getty Images

Rossiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Aleksandr Mostovoy Oʻzbekiston (3:2) ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.

— Ikki tomon ham xatolarga yo‘l qo‘ydi, gollar ko‘p bo‘ldi. O‘ylaymanki, barcha bu o‘yindan mamnun bo‘ldi. Oddiy, navbatdagi g‘alaba. Hech qanday alohida jihati yo‘q.

— Sizningcha, Karpin uchun Kannavaro boshqarayotgan jamoani mag‘lub etish muhim edimi?

— Bu yerda Kannavaroning hech qanday aloqasi yo‘q. Axir maydonda futbolchilar o‘ynaydi.

U O‘zbekistonga bosh murabbiy etib tayinlanganida, hamma: «Fabio nima qilib u yerga bordi? U yerda nima qiladi?» deb hayron bo‘lgandi. O‘zbekiston milliy jamoasi uchun bu — yaxshi reklama, Kannavaro uchun esa yaxshi daromad manbai. Bu — o‘rtacha darajadagi jamoa. Jahon chempionati ishtirokchilari soni kengaytirilgani tufayli mundialga yo‘llanma olgan.

Rossiya O‘zbekistonni mag‘lub etishi kerak edi va buni uddaladi. Kannavaro esa o‘z ishini qilyapti, hammasi joyida. Bizning darvozamizga ikkita gol ura olganlari ham tahsinga loyiq,
— deya Mostovoyning so‘zlarini keltiradi «Sovetskiy sport».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

183 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar