Live
4
O'zbek

Pochettinoni «MYU» bosh murabbiyi etib tayinlash qarori Gleyzerlardan chiqqan

Futbol
13 noyabr, 06:17
Direktorlar Uilkoks va Vivell ilgari surgan nomzodlarga e’tibor berilmadi.
Pochettinoni «MYU» bosh murabbiyi etib tayinlash qarori Gleyzerlardan chiqqan
Foto: Getty Images

Maykl Kerrik lavozimidan bo‘shatilganidan so‘ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga Maurisio Pochettinoni tayinlash qarorini Gleyzerlar oilasi mustaqil ravishda qabul qilgan.

Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Gleyzerlar o‘zlari ma’qul ko‘rgan nomzodda to‘xtashga qaror qilishgan. Bunda klub texnik direktori Jeyson Uilkoks va futbolchilarni tanlash bo‘yicha direktor Kristofer Vivell taklif qilgan nomzodlar e’tiborsiz qoldirilgan.

Uilkoks «Manchester Yunayted»ni «Nyukasl»ning sobiq murabbiyi Eddi Hau boshqarishini istagan bo‘lsa, Vivell «Bavariya»ning sobiq ustozi Yulian Nagelsmann nomzodini ma’qullagan.

Shunga qaramay, klub egalaridan biri Jim Retkliff «Manchester Yunayted»dagi kundalik sport jarayonlarini boshqarish uchun mas’ul bo‘lib qolmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar