Angliya Premyer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Unga ko‘ra, «Tottenhem» ustozi Roberto De Zerbi tengsiz deb topildi.
Italiyalik mutaxassis boshqaruvida «shporlar» o‘tgan oyda 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 g‘alaba va 1 durang qayd etdi. Xususan, De Zerbi boshchiligida London klubi «Kristal Pelas» (2:0), «Chelsi» (2:0), «Koventri» (3:1) va «Manchester Yunayted» (1:1) bilan o‘yinlarda shunday natijalarga erishdi.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» Angliya Premyer-ligasining 10 ta turidan keyin 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq «Aston Villa» hujumchisi Nikolas Jekson oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi