Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylanadi. Insayder Fabrizio Romano kelishuv amalga oshganini tasdiqladi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, mankunianliklar murabbiy uchun tovon puli sifatida AQSh futbol federatsiyasiga 10 million dollar to‘lashadi. Argentinalik mutaxassis bilan 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.
Kelishuv haqidagi rasmiy xabar juma kuniyoq e’lon qilinishi mumkin.
«MYU» milliy jamoalar o‘yinlari uchun yuzaga kelgan tanaffusdan keyingi ilk o‘yinini 22 noyabr kuni safarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi. Jamoa APL turnir jadvalida 10 ta turda 8 ochko to‘plab, 18-o‘rinni egallab turibdi.
Pochettino — «MYU» bosh murabbiyi (Romano)
Futbol
12 noyabr, 22:00
31
Argentinalik mutaxassis «Liverpul»ga qarshi bahs bilan Manchesterda faoliyatini boshlaydi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi