«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Angliya milliy jamoasida yana bir rekord o‘rnatdi.
33 yoshli “Oltin toʻp” sohibi Millatlar ligasining 5-turidan oʻrin olgan Xorvatiyaga (2:1) qarshi bahsda inglizlarning asosiy tarkibida maydonga tushdi va gol urdi.
Ushbu uchrashuv Keyn uchun Angliya milliy jamoasi safidagi 126-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa, u 1970-yildan 1990-yilgacha jamoa safida harakat qilgan darvozabon Piter Shiltonning rekordini (125) yangiladi.
Inglizlar tarkibida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligidan Ueyn Runi (120), Devid Bekhem (115) va Stiven Jerrard (114) ham joy olgan.
Ayni paytda Keyn Angliya milliy jamoasida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi: o‘tkazilgan o‘yinlar, urilgan gollar, penaltidan urilgan gollar, bir kalendar yilidagi gollar, sardor sifatidagi gollar, «Uembli» stadionidagi gollar, shuningdek, yirik turnirlarda — Jahon chempionati va Yevropa chempionatida jami hamda alohida urilgan gollar.
Keyn Xorvatiya bilan bahsda 126-o‘yiniga bag‘ishlangan maxsus belgi tushirilgan futbolkada harakat qildi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi