Bugun
7
O'zbek

«Liverpul»ning 18 yoshli futbolchisi: «Oltin to‘p»ni yutishni orzu qilaman»

Futbol
10 noyabr, 18:20
Ngumoa Keynning nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishi o‘ziga o‘xshagan yosh futbolchilar uchun ilhom manbai bo‘lganini aytdi
«Liverpul»ning 18 yoshli futbolchisi: «Oltin to‘p»ni yutishni orzu qilaman»
Foto: Getty Images

«Liverpul» vingeri Rio Ngumoa «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish orzusi haqida gapirdi. 18 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, Harri Keynning ushbu mukofotga sazovor bo‘lishi Angliya futboli uchun ham muhim voqea bo‘lgan.

«Ha, men, albatta, «Oltin to‘p»ni yutishni orzu qilaman. Keynning g‘alabasi uning o‘zi va butun Angliya futboli uchun juda muhim voqea bo‘ldi. Chunki bu orqali o‘zimizdan biri ushbu sovrinni qo‘lga kirita olishini ko‘rdik.

Bu dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishni orzu qilayotgan ko‘plab yoshlarni ruhlantirishi aniq. Men ham bunga erishishni istayman va buning uddasidan chiqa olishimga ishonaman», — deya Ngumoa so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Rio Ngumoa 18 yoshga qadar «Liverpul»ning asosiy jamoasi safida 44 ta bahsda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, yosh vinger Angliya milliy jamoasi safida ham uch marta o‘ynagan. Garri Keyn esa oktabr oyi oxirida 25 yildan beri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan ilk angliyalik futbolchiga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar