Bugun
7
O'zbek

De la Fuente: «Yamalning sog‘lig‘i haqida qayg‘uryapmiz»

Futbol
10 noyabr, 16:30
Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi vingerning Chexiyaga qarshi bahsda maydonga tushmasligi sababini tushuntirdi.
De la Fuente: «Yamalning sog‘lig‘i haqida qayg‘uryapmiz»
Foto: Getty Images
12.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Chexiya Chexiya - : - Ispaniya Ispaniya

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalning tizzasidagi muammolar sabab UEFA Millatlar ligasi doirasida Chexiyaga qarshi bahsda qatnashmasligi haqida gapirdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamagan.

Avvalroq «Barselona» vingeri tizzasidagi muammolar tufayli milliy jamoa yig‘iniga kelmagani, biroq 15 noyabr kuni Angliyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligi xabar qilingandi.

«Bu to‘g‘ri qaror. Albatta, u o‘ynashni xohladi. Agar favqulodda vaziyat yuzaga kelganida, uni Chexiyaga qarshi bahsda asosiy tarkibga qo‘shgan bo‘lardik. Ammo tavakkal qilish kerak emas edi. Birinchi navbatda uning sog‘lig‘i, keyin esa yakshanba kungi o‘yinga eng yaxshi holatda yetib kelishi haqida o‘yladik.

Unda o‘zini odatdagidek his qilishiga xalaqit berayotgan yengil yallig‘lanish bor. Hammasi yaxshi bo‘lsa, u tez orada jamoaga qo‘shiladi.

Gap futbolchilarning sog‘lig‘i haqida ketganda, hech kimga alohida munosabat bo‘lmaydi. Agar final bo‘lsa, futbolchilar qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zlarini tarkibga kiritishni so‘rashadi. Bu holatda esa navbatdagi bahsga eng yaxshi holatda yetib borish ma’qul. Ular payshanba kuni o‘ynashlari mumkin edi, ammo yakshanba kungi bellashuvga qadar eng yaxshi holatga kelmasliklari ehtimoli bor edi», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi COPE.

Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi 12 noyabr kuni UEFA Millatlar ligasi doirasida Chexiyaga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 13 noyabrga o‘tar kechasi soat 00:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya 15 noyabr kuni Angliya bilan ham kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chexiya Chexiya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar