«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli uzoq vaqt jamoa faoliyatidan chetda qolganidan so‘ng klub bazasiga qaytdi. Bu haqda Germaniyaning TZ nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 10 noyabr kuni mutaxassis Myunxen klubi qarorgohiga tashrif buyurgan. Avvalroq «Bavariya» murabbiyning xalqaro tanaffusdan keyin qaytishini kutayotgani haqida ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» Bundesliganing dastlabki to‘qqiz turidan keyin 21 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Dortmundning «Borussiya»si ham shuncha ochko to‘plagan va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar navbatdagi bahsini 20 noyabr kuni «Kyoln»ga qarshi o‘tkazadi. Bundesliganing 10-turidan o‘rin olgan bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadi.