«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer ushbu mavsum yakunlangach, professional futbolchilik faoliyatini tugatishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Maksimilian Kox xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Myunxen klubi rahbariyati 40 yoshli posbon mavsum oxirida faoliyatini yakunlashiga deyarli ishonch hosil qilgan. Noyerning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozida yakuniga yetadi.
Qayd etilishicha, «Bavariya» afsonaviy darvozabon bilan xayrlashuv intervyusini tashkil etishni ham rejalashtirmoqda. Biroq futbolchining o‘zi hozircha bu borada rasmiy qarorini e’lon qilmagan.
Noyer jarohatidan tuzalgach, asosiy tarkibga qaytadi va mavsum oxirigacha jamoaning birinchi raqamli darvozaboni bo‘lib qoladi.
Qayd etish lozim, hozirda «Bavariya» Bundesligada 21 ochko bilan Dortmundning «Borussiya» klubi bilan birga peshqadamlik qilmoqda. Avvalroq myunxenliklar Loris Kariusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi