«Shalke 04» darvozaboni Loris Karius Myunxenning «Bavariya» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Germaniya chempioni rahbariyati 33 yoshli posbonning tajribasini yuqori baholamoqda. Shuningdek, uning so‘nggi uchrashuvlardagi ishonchli harakatlari myunxenliklarda ijobiy taassurot qoldirgan.
Karius «Bavariya»ning ehtimoliy transfer nomzodlari ro‘yxatiga kiritilgan. Uning «Shalke 04» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, darvozabon ushbu mavsumda Bundesligada 9 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z darvozasidan 11 gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, Loris 3 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ulardan biri aynan «Bavariya»ga qarshi bahsga to‘g‘ri kelgan.
Transfermarkt portali Kariusning transfer qiymatini 1,2 million yevroga baholamoqda. Avvalroq Noyer uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi