Birinchi liga finalida «Guliston» Qoraqalpog‘iston FA ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Toshkentdagi «Odil Ahmedov FA» maydonida o‘tgan bahsda Alisher Sobirjonov 8-daqiqada hisobni ochdi. Azamat Abduhalilov 37-daqiqada jamoasining ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Sobirjonov 66-daqiqada dubl qayd etdi, Abdulaziz Ne’matov esa 74-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Guliston» futbolchisi Javohir Nematullayev 90+1-daqiqada maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, jamoa finalda yirik g‘alabaga erishib, Birinchi liga chempionligini qo‘lga kiritdi.
Birinchi liga. Final
Guliston — Qoraqalpog‘iston FA 4:0
Gollar: Sobirjonov 8, 66, Abduhalilov 37, Ne’matov 74
Chetlatish: Nematullayev 90+1.
Guliston: Husanov, Rajabov, Shodiev, Sobirjonov, Abduhalilov, Abdullayev, Toshpo‘latov, G‘ofurbekov, Umirzoqov, Omonov, Nematullayev.
Qoraqalpog‘iston FA: Puxarbayev, Muratov, Reymov, Muratbayev, Mahmudov, Otemisov, Biysenbayev, Otebayev, Xudayberdiyev, Saidmurodov, Zayirov.