Live
3
O'zbek

Keyn Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi — The Athletic

Futbol
5 noyabr, 04:30
«Bavariya» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan hujumchining maoshi klub tarixidagi rekord bo‘ladi.
Keyn Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi — The Athletic
Foto: Getty Images
07.11.2026, 09:30 Bundesliga Germaniya Mayns Mayns - : - Bavariya Bavariya

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn yangi shartnoma imzolagach, Yevropaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Germaniya klubi 5 noyabr kuni 33 yoshli hujumchi bilan kelishuv 2029 yilgacha uzaytirilganini e’lon qildi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, Keynning yangi maoshi «Bavariya» tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. Bu esa uni Yevropadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi.

Angliya milliy jamoasi hujumchisi 2023 yildan buyon myunxenliklar safida to‘p tepmoqda. Ushbu davrda u ikki marta Germaniya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi va ikki bor Superkubok sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Keynning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, manba xabariga ko‘ra, Keyn 2026 yil oktabr oyida «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mayns Mayns
  • Bavariya Bavariya
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar