Live
3
O'zbek

Militao: «Kuchli og‘riqni his qilyapman»

Futbol
5 noyabr, 05:45
Braziliyalik himoyachi 6 oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Militao: «Kuchli og‘riqni his qilyapman»
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Eder Militao Chempionlar ligasi doirasida AEKga qarshi kechgan g‘alabali bahsdan (3:2) so‘ng o‘z holati haqida gapirdi.

Braziliyalik futbolchi ushbu mavsumda ilk bor «Real»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va bellashuvni to‘liq o‘tkazdi.

«O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, garchi hozir kuchli og‘riqni sezayotgan bo‘lsam-da. Olti oylik tanaffusdan keyin yana sevimli ishim bilan shug‘ullanish va 90 daqiqa o‘ynash imkoniga ega bo‘lganimdan xursandman», — dedi Militao klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, AEKga qarshi bahs Militao uchun ushbu mavsumdagi ikkinchi o‘yin bo‘ldi. Hozircha uning hisobida gol yoki golli uzatma yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, «Real» navbatdagi bahsini 7 noyabr kuni «Valensiya»ga qarshi o‘tkazadi.

Bugungi yangiliklar