Live
3
O'zbek

«MYU» angliyalik hujumchini ijaraga olmoqchi

Futbol
5 noyabr, 06:30
«Qizil iblislar» Saudiya Arabistonida to‘p tepayotgan Ayvan Tounini hujum chizig‘iga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda.
«MYU» angliyalik hujumchini ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Ayvan Touni nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Insayder Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubida o‘ynayotgan 30 yoshli hujumchi Angliyaga qaytishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» futbolchini ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Klub hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun tajribali to‘purarga qiziqish bildirmoqda.

Tonining «Al Ahli» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 20 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Touni Saudiya Arabistoni chempionatining ushbu mavsumida to‘qqizta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2024 yilda «Al Ahli» safiga qo‘shilgan va shundan buyon Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar