«Bavariya» klubi hujumchi Harri Keynning kelajakdagi o‘rinbosari sifatida «Monako» futbolchisi Paris Brunnerni ko‘rib chiqmoqda.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar germaniyalik 20 yoshli futbolchini sotib olish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Biroq Brunnerga «PSJ», «Arsenal» va «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda. Shu bois yosh hujumchi uchun transfer raqobati kuchayishi mumkin. Biroq monegasklar ham o‘z forvardini sotish haqida o‘ylamayapti.
Ma’lumot uchun, Brunner 2024-yil avgustidan buyon «Monako» sharafini himoya qiladi. Uning shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
«Bavariya» Brunner uchun da’vogarlik qilmoqda
Futbol
4 noyabr, 17:45
Uning shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi.
Фото: Getty Images