«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Bavariya»ga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi.
Madridliklar safarda Lenart Karl va Konrad Laymerning ikkinchi bo‘limda kiritgan gollariga javob qaytara olmadi. Nemis klubi 54 va 74-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
«Biz to‘p uchun kurashlarda ko‘proq g‘alaba qozonishimiz va raqib maydonida tezroq harakat qilishimiz kerak edi. Birinchi golni o‘tkazib yuborgunimizga qadar ijobiy o‘yin ko‘rsatgan pallalarimiz bo‘ldi. Shuncha harakatdan keyin hech narsaga erisha olmaganimiz juda achinarli», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «Atletiko» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki to‘rt turida to‘rt ochko jamg‘argan. «Bavariya» hisobida esa sakkiz ochko mavjud.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Madridda ilk bor Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.