Bugun
60
O'zbek

«Barselona» Chempionlar ligasidagi 18 o‘yinlik seriyasiga barham berdi

Futbol
4 noyabr, 01:00
Flik jamoasi «Aston Villa»ni mag‘lub etib, uzoq tanaffusdan so‘ng darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
«Barselona» Chempionlar ligasidagi 18 o‘yinlik seriyasiga barham berdi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida o‘z maydonida «Aston Villa»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba kataloniyaliklar uchun yana bir muhim natija bilan yodda qoldi.

UEFA matbuot xizmatining xabar berishicha, «Barselona» Yevropaning eng nufuzli klub turnirida ketma-ket 18 ta bahs davom etgan darvozasi daxlsizligini saqlay olmaslik seriyasini to‘xtatdi.

Kataloniyaliklar oxirgi marta 2025-yil aprel oyida Chempionlar ligasida gol o‘tkazib yubormagan edi. O‘shanda ular chorakfinal doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etgan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» — «Aston Villa» bahsida Lamin Yamal hisobni ochgan, Rafinya esa dubl qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki to‘rt turida to‘qqiz ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar