O‘zbekiston U-23 jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullayevning tizzasidagi xochsimon boylam jarohati sabab o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Futbolchi Osiyo o‘yinlari yarimfinalidagi bahsda jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi. Uning tezroq safga qaytishini ta’minlash maqsadida O‘FA tomonidan Germaniyaning «Medical Connections» klinikasida operatsiya tashkil etildi.
Jarrohlik amaliyoti professor Mirko Xerbert tomonidan amalga oshirildi. Ayni paytda Saidnurullayev o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Ma’lumot uchun, xochsimon boylam tizza bo‘g‘imining barqarorligini ta’minlaydigan muhim tuzilmalardan biri hisoblanadi. Bunday jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni individual kechadi.