«Manchester Yunayted»ning yosh hujumkor yarimhimoyachisi Jey-Jey Gabriel faoliyatini Madridning «Real» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Fernandes Santos xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 16 yoshli angliyalik futbolchi ayni paytda Ispaniya poytaxtida mashg‘ulot o‘tkazmoqda va transfer yakunlanishini kutmoqda. Tomonlarga kelishuvning bir nechta tafsilotlarini hal qilish qolgan. Yaqin kunlar muzokaralarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.
Gabriel uchun kurashda «Barselona» ham ishtirok etgan, biroq kataloniyaliklar transfer bo‘yicha raqobatdan chiqqan. Avvalroq «Bavariya» va «PSJ» ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Jey-Jey Gabriel «Manchester Yunayted» akademiyasida to‘p tepmoqda. U hali klubning asosiy jamoasida debyut qilmagan.