Bugun
60
O'zbek

Emeri: «Bu darajada yaratilgan imkoniyatlarni sovurib bo‘lmaydi»

Futbol
3 noyabr, 23:00
    16
«Aston Villa» ustozi «Barselona»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatda vaziyatlardan foydalana olmaganini tan oldi.
Emeri: «Bu darajada yaratilgan imkoniyatlarni sovurib bo‘lmaydi»
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Barselona»ga qarshi kechgan va 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahsni izohladi.

«Jamoamiz qanday shakllanayotgani 90 daqiqa davomida yaqqol ko‘rinadi. Tarkibimizda yosh va iqtidorli futbolchilar bilan birga tajribali o‘yinchilar ham bor. Bugun bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ish jarayonida bunday kamchiliklarga avval ham duch kelganmiz, ammo har safar ularni yengib o‘tishga kuch topganmiz.

Bugun ham xatolarga qaramay, vaziyatlar yaratishda va yakkakurashlarga kirishishda davom etdik. Agar birinchi bo‘limda yuzaga kelgan imkoniyatlardan hech bo‘lmaganda bittasini golga aylantirganimizda, balki hammasi boshqacha kechardi. Biroq yakuniy pallada sovuqqonlik yetishmadi», — deya Emerining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Ma’lumot uchun, «Barselona» safida Lamin Yamal va Rafinya (2 ta) gol urib, kataloniyaliklarga yirik g‘alaba keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Aston Villa» Chempionlar ligasining keyingi turida Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar