Bugun
60
O'zbek

Frenki de Yong «Barselona» safida 300-bahsini o‘tkazdi

Futbol
3 noyabr, 23:20
Niderlandiyalik yarimhimoyachi yubiley o‘yinini «Aston Villa»ga qarshi bellashuvda qayd etdi.
Frenki de Yong «Barselona» safida 300-bahsini o‘tkazdi
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Barselona Barselona 3 : 0 Aston Villa Aston Villa

«Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yong kataloniyaliklar safida 300-bahsini o‘tkazdi. Ushbu natijaga futbolchi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda erishdi.

Klub niderlandiyalik futbolchining yubileyini maxsus futbolka bilan nishonladi. Unda «F. de Jong 300» yozuvi tushirilgan edi. Bahs yakunlanganidan so‘ng De Yong jamoadoshlari bilan ushbu libosda suratga tushib, tarixiy lahzani muhrladi.

Ma’lumot uchun, Frenki de Yong «Barselona» safida 2019-yildan buyon to‘p tepmoqda. Ungacha u Amsterdamning «Ayaks» klubida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, De Yong «Barselona» safida eng ko‘p bahs o‘tkazgan niderlandiyalik futbolchi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar