Bugun
60
O'zbek

Kapello: «Ajoyib «Inter», doim shunday o‘ynang!»

Futbol
3 noyabr, 23:40
Italiyalik mutaxassis milanliklarning «Feyenoord» ustidan qozongan g‘alabasidan mamnun bo‘ldi.
Kapello: «Ajoyib «Inter», doim shunday o‘ynang!»
Foto: Getty Images
03.11.2026 FT Chempionlar ligasi Feyenord Feyenord 0 : 3 Inter Inter

Fabio Kapello Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «Inter»ning safarda «Feyenoord» ustidan 3:0 hisobida qozongan g‘alabasini yuqori baholadi.

«Inter»ning ijrosidagi fantastik o‘yin bo‘ldi. Jamoa bahsni to‘liq nazorat qildi va hech qanday muammoga duch kelmadi. Raqib biror marta ham jiddiy bosim uyushtira olmadi. Chempionlar ligasida aynan shunday «Inter»ni ko‘rishni istaymiz.

Futbolchilar bir soniya ham diqqatni yo‘qotishmadi va butun bahs davomida hujumkorlikni saqlab qolishdi», — deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Ma’lumot uchun, «Inter» Rotterdamdagi bahsda «Feyenoord» darvozasiga uchta javobsiz gol urdi va ishonchli g‘alabaga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, milanliklar Chempionlar ligasining keyingi turida Germaniyaning «Shtutgart» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Feyenord Feyenord
  • Inter Inter
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar