«Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalhono‘g‘li kelasi mavsum ham milanliklar safida qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pasquale Guarro xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi ikki hafta davomida klub va futbolchining vakillari shartnomani uzaytirish ehtimoli yuzasidan muzokara olib borgan.
Muzokaralarda har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirish istagini bildirgan. Chalhono‘g‘lining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shu sababli klub turkiyalik futbolchi bilan yangi kelishuv tuzish masalasini muhokama qilmoqda.
Qayd etish lozim, 32 yoshli yarimhimoyachi 2021-yildan buyon «Inter»da to‘p tepib keladi. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 11 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Klub va futbolchining vakillari o‘rtasidagi muloqot davom etayotgani Chalhono‘g‘lining kelajagi borasida qaror qabul qilinishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.