Live
1
O'zbek

«Nottinghem Forest» rahbariyati Glasnerning iste’fosi masalasini ko‘rib chiqmayapti

Futbol
3 noyabr, 03:20
Jamoa futbolchilari murabbiyni qo‘llab-quvvatlagan, klub egasi ham unga ishonishda davom etmoqda.
«Nottinghem Forest» rahbariyati Glasnerning iste’fosi masalasini ko‘rib chiqmayapti
Foto: Getty Images

«Nottinghem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glasnerning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. The Telegraph xabariga ko‘ra, jamoaning turnir jadvalidagi murakkab vaziyati muhokama qilingan suhbat davomida futbolchilar murabbiyga ishonch bildirishgan va uning ish uslubini qo‘llab-quvvatlashgan.

Shuningdek, klub egasi Evangelos Marinakis ham Glasnerga ishonishda davom etmoqda. Manbaga ko‘ra, u hozircha avstriyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, APLning to‘qqiz turidan so‘ng «Nottinghem Forest» olti ochko bilan turnir jadvalining 19-pog‘onasida, ya’ni xavfli hududda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Glasner shogirdlari APLning 10-turida 7-noyabr kuni o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Bugungi yangiliklar