Live
3
O'zbek

«Arsenal» — dunyoning eng kuchli futbol klubi (Opta)

Futbol
3 noyabr, 04:10
Opta tahlilchilari dunyoning eng kuchli jamoalari reytingini tuzdi.
«Arsenal» — dunyoning eng kuchli futbol klubi (Opta)
Foto: Getty Images

Opta tahlilchilari dunyoning eng kuchli futbol klublari reytingini tuzdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Angliya chempionatining amaldagi g‘olibi «Arsenal» egalladi. Londonliklardan keyingi pog‘onada Myunxenning «Bavariya» jamoasi qayd etilgan.

Uchinchi o‘rinni «Manchester Siti» band qildi. To‘rtinchi pog‘onadan «Barselona» joy olgan bo‘lsa, kuchli beshlikni Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki marta g‘olib bo‘lgan «PSJ» yakunladi. Shu tariqa, dastlabki beshlikdan Angliya, Germaniya, Ispaniya va Fransiya klublari o‘rin oldi.

Shuningdek, reytingning kuchli o‘ntaligiga «Real», «Liverpul», «Brayton», «Aston Villa» va «Inter» kirdi. Avvalroq Opta superkompyuteriga ko‘ra «Arsenal»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari yanada oshgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar