Live
3
O'zbek

«Ijtimoiy tarmoqlar va muxlislar sabab bugungi kunda tanqiddan qochib bo‘lmaydi» — Keyn

Futbol
3 noyabr, 04:00
«Bavariya» hujumchisi muxlislar va ekspertlarning tanqidlariga munosabati haqida gapirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlar va muxlislar sabab bugungi kunda tanqiddan qochib bo‘lmaydi» — Keyn
Foto: Getty Images
20.11.2026, 14:30 Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya - : - Kyoln Kyoln

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn muxlislar hamda futbol ekspertlari tomonidan bildiriladigan tanqidlarga qanday munosabatda bo‘lishini tushuntirdi. Angliyalik futbolchi jamoaviy sovrinlarni uzoq vaqt qo‘lga kirita olmagani sabab ayrimlar undan tanqid qilish uchun foydalanganini ta’kidladi.

«Ijtimoiy tarmoqlar va muxlislar sabab bugungi kunda tanqiddan qochib bo‘lmaydi. Men uzoq vaqt davomida jamoaviy sovrinlarni qo‘lga kirita olmadim va ayrimlar bundan menga qarshi foydalanishdi. Ammo futbolni chindan tushunadigan insonlar har doim mening o‘yinimni qadrlashgan, deb o‘ylayman. «Bavariya»ga o‘tganimdan beri bu e’tirof yanada kuchayganini his qilyapman», — deya Keynning so‘zlarini The Touchline X ijtimoiy tarmog‘ida keltirdi.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023-yil avgustida «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchi 2026-yilgi «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Kyoln Kyoln
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar