«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani shifoxonadan chiqib, uyiga qaytdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano 29-oktyabr kuni ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, belgiyalik mutaxassis hozirda tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. «Bavariya» rahbariyati Kompanining to‘liq dam olishi va o‘zini 100 foiz yaxshi his qilmaguncha murabbiylik ishiga qaytmasligini istamoqda.
Shu sababli mutaxassisning jamoa mashg‘ulotlari va o‘yinlaridagi faoliyatini qachon davom ettirishi uning tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Vensan Kompani «Bavariya» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Jamoa Bundesliga doirasidagi keyingi o'yinni 31 oktyabr kuni o'z uyida «Borussiya D»ga qarshi o'tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi