Italiya A Seriyasi 9-turi doirasida Turinning «Yuventus» jamoasi «Jenoa» bilan bahs olib bordi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Bu natija haqida «keksa siniora» yarimhimoyachisi Veston MakKenni fikr bildirib o‘tdi.
«Raqiblar bizdan yaxshiroq edi, shuning uchun natija ham ularning foydasiga bo‘ldi. Maydonda ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Biz «Yuventus»miz, bunday klubda o‘yindagi bunday nostabillik qabul qilib bo‘lmaydi. «Yuve» katta tarixga ega. Biz barqarorlikka erishishimiz va g‘alaba qozonishimiz kerak», - deya amerikalik futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football-Italia.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining to‘qqiz turidan so‘ng «keksa siniora» 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.