Live
3
O'zbek

Spalletti «Yuventus»dagi muammolar haqida: «Futbol o‘zgarganini tushuntira olmayapman»

Futbol
29 oktabr, 05:45
«Jenoa»ga yutqazgan Turin klubi bosh murabbiyi zamonaviy futbol talablariga moslashish qiyin kechayotganini tan oldi.
Spalletti «Yuventus»dagi muammolar haqida: «Futbol o‘zgarganini tushuntira olmayapman»
Foto: Getty Images
28.10.2026 FT Italiya A seriyasi Jenoa Jenoa 2 : 0 Yuventus Yuventus

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 9-turida «Jenoa»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoasidagi muammolar haqida fikr bildirdi. Mutaxassis futbolchilarga zamonaviy futbol talablarini singdirish qiyin kechayotganini ta’kidladi.

«Meni eng ko‘p xavotirga solayotgan narsa — futbol o‘zgarganini futbolchilarga tushuntira olmayotganim. Yakkakurashlarda g‘alaba qozonish va maydonning barcha qismlarida tinimsiz pressingga dosh berish kerak. Zamonaviy futbol shuni talab qiladi.

Mashg‘ulotlarda buni amalga oshirishga uringanimizda, futbolchilarga kerakli darajaga chiqish qiyin bo‘lmoqda. Bunga qisman to‘laqonli mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun vaqtimiz yo‘qligi va tarkib tanlash imkoniyatimiz cheklangani sabab bo‘lmoqda. Natijada charchoq to‘planib boryapti. Bu meni biroz xavotirga soladi.

Har safar oldinga qadam tashlab, yangi narsani sinab ko‘rishimiz kerak bo‘lganda, uning samara berishi uchun vaqt talab etiladi. Ammo aynan vaqt bizda yo‘q», — dedi Spalletti.

Eslatib o‘tamiz, Spalletti «Yuventus» bosh murabbiyi sifatida jamoani A Seriya va Yevropa musobaqalarida boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jenoa Jenoa
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar