Live
3
O'zbek

«Arsenal», «MYU» va «Chelsi» Pazning transferiga qiziqmoqda

Futbol
29 oktabr, 06:00
«Komo» argentinalik yarim himoyachisini qishki transfer oynasida sotmoqchi emas.
«Arsenal», «MYU» va «Chelsi» Pazning transferiga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning bir nechta top-klubi «Komo»ning hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pazga qiziqish bildirmoqda. TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» 22 yoshli argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Biroq manba ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi Pazni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishni rejalashtirmayapti. «Komo» ichida futbolchining qiymati 100 million yevrodan yuqori baholanayotgani aytilmoqda.

Paz ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 11 ta bahsda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa, argentinalik yarim himoyachi 11 ta o‘yinda jami 11 ta golli harakat qayd etdi.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Komo» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Bu esa uning ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarda Italiya klubining pozitsiyasini mustahkamlashi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar