Live
3
O'zbek

Alonso «Chelsi»ning Liga kubogidan chiqib ketishi haqida: «Asosiy e’tiborimiz APLga qaratilgan»

Futbol
29 oktabr, 04:30
    9
Londonliklar «Liverpul» bilan asosiy vaqtda durang o‘ynadi, ammo penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Alonso «Chelsi»ning Liga kubogidan chiqib ketishi haqida: «Asosiy e’tiborimiz APLga qaratilgan»
Foto: Getty Images
28.10.2026 AP Angliya Liga kubogi Liverpul Liverpul (6) 1 : 1 (5) Chelsi Chelsi

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Liga kubogi nimchorakfinalida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsdan keyin jamoasining musobaqani tark etishiga munosabat bildirdi. «Enfild»da o‘tgan bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa mersisaydliklar 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.

«Har safar bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘lsa, kimdir musobaqadan chiqib ketishni adolatsizlik deb hisoblaydi. Har ikki tomon ham juda yaxshi kurashdi. Penaltilar seriyasi esa istalgan natija yuz berishi mumkinligini anglatadi. Futbolchilar «Enfild»da raqobatbardosh bo‘lish uchun yetarlicha yaxshi saviya namoyish etishdi. Penalti tufayli gol o‘tkazib yubordik, shundan keyin hisob 1:1 bo‘ldi. Umuman olganda, ikki jamoa ham teng o‘ynadi», — dedi Alonso BBC nashriga.

Mutaxassis darvozabon Mayk Pendersning harakatlarini ham alohida e’tirof etdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa ko‘p gol urish imkoniyatlarini yaratmagan bo‘lsa-da, darvozabon barqaror o‘yin ko‘rsatib, muhim vaziyatlarda ishonchli harakat qilgan.

«Bu futbol. Bu ishimizning bir qismi. Biz yaxshi saviya ko‘rsatdik va shunday stadionlarga kelganingda aynan shu talab etiladi. Endi asosiy e’tiborimiz Premyer-ligaga qaratilgan. Tiklanish uchun vaqtimiz kam, chunki shanba kuni erta boshlanadigan bahsimiz bor. Shu sababli tezda keyingi o‘yinga e’tibor qaratishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi «Chelsi» bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» Liga kubogi chorakfinalida «Bornmut» bilan o‘ynaydi. Ushbu bosqich bahslari 14-dekabrdan boshlanadigan hafta davomida o‘tkaziladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar