Live
3
O'zbek

Amorim «Milan»ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyati haqida: «Bunday ko‘p o‘yinlar biz uchun og‘irlik qildi»

Futbol
29 oktabr, 05:00
    6
«Bolonya»ga qarshi bahsda 2:4 hisobida yutqazgan milanliklar ustozi jamoada charchoq va energiya yetishmaganini aytdi.
Amorim «Milan»ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyati haqida: «Bunday ko‘p o‘yinlar biz uchun og‘irlik qildi»
Foto: Getty Images
28.10.2026 FT Italiya A seriyasi Milan Milan 2 : 4 Bolonya Bolonya

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya A Seriyasining 9-turi doirasida «Bolonya»ga qarshi kechgan va 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bahs haqida fikr bildirdi. Ushbu natija «Milan» uchun 2026/27 yilgi mavsumda chempionat doirasidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

«Ko‘plab bahslar o‘tkazdik, ko‘plab futbolchilar safdan chiqdi. Bizga oson bo‘lmadi. Birinchi daqiqadanoq jamoa biroz charchaganini, energiya yetishmayotganini his qildim. Tezda ikkita gol o‘tkazib yubordik, hisobni tenglashtirishga urindik va buning uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldik — Kamarda ishtirokidagi vaziyat. Bunday ko‘p o‘yinlar biz uchun og‘irlik qildi», — deya Amorimning so‘zlarini keltiradi Football Italia DAZN’ga tayanib.

«Milan» — «Bolonya» bahsi 28-oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar hisobni 8-daqiqada ochdi, biroq «Milan» Sisse tomonidan urilgan ikkita gol evaziga oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda Bartesagi hisobni tenglashtirdi, so‘ng Mbangula yana ikki bor gol urib, «Bolonya»ga g‘alaba keltirdi.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli Ruben Amorim 2026-yil iyun oyida «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Bolonya Bolonya
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar