Live
3
O'zbek

Messi MLSda ketma-ket ikkinchi bahsda gol yoki assist qayd eta olmadi

Futbol
29 oktabr, 05:30
«Inter Mayami» hujumchisi «Sinsinnati»ga qarshi o‘yinda beshta zarba berdi va sariq kartochka oldi.
Messi MLSda ketma-ket ikkinchi bahsda gol yoki assist qayd eta olmadi
Foto: Getty Images
28.10.2026 FT MLS USA Inter Miami CF Inter Miami CF 2 : 2 FC Cincinnati FC Cincinnati

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam chempionatining «Sinsinnati»ga qarshi bahsida samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. 2:2 hisobida yakunlangan bellashuvda argentinalik futbolchi gol urish yoki golli uzatmani amalga oshira olmadi.

39 yoshli Messi maydonda to‘liq harakat qildi va 44-daqiqada sariq kartochka oldi. U raqib darvozasi tomon beshta zarba yo‘lladi, biroq ularning hech biri darvoza sohasiga aniq bormadi: ikkita zarba darvoza tashqarisidan ketdi, yana uchtasi himoyachilar tomonidan to‘sildi.

Shu tariqa, argentinalik yulduz MLSda ketma-ket ikkinchi bahsda gol yoki assist qayd etmadi. Bungacha u «Nyu-York Red Bullz»ga qarshi o‘yinda ham samarali harakat qila olmagan. O‘sha bahsda «Inter Mayami» 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan, Messi esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi ushbu mavsumda MLS doirasidagi 29 ta bahsda 25 ta gol urib, 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • FC Cincinnati FC Cincinnati
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar