Angliyaning «Everton» klubi markaziy himoyachisi Jerred Brentueyt-2027-yilda boshqa klubda to‘p tepishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik himoyachi xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. «Aristokratlar» himoya chizig‘ini kuchaytirishni niyat qilgan va klubda Brentueyt nomzodi yuqori baholamoqda. Biroq futbolchi atrofidagi vaziyatni «Manchester Yunayted» va bir qator boshqa klublar ham kuzatmoqda.
O‘z navbatida «Everton» Brentueytni sotishni rejalashtirmayapti va futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolish niyatida.
Ushbu mavsumda himoyachi Angliya Premer-ligasining yettita o‘yinida maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshirgani yo‘q. 8-turdan keyin 10 ochko jamg‘argan «Everton» 11-o‘rinni egallab turibdi.