Live
4
O'zbek

Grizmann ketma-ket to‘rtinchi bahsda gol urdi

Futbol
25 oktabr, 05:15
«Orlando Siti» hujumchisi MLSning 15 ta o‘yinida 13 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Grizmann ketma-ket to‘rtinchi bahsda gol urdi
Foto: Getty Images
24.10.2026 FT MLS USA Orlando City Orlando City 2 : 2 Nyu York City FC Nyu York City FC

«Orlando Siti» hujumchisi Antuan Grizmann MLS doirasida «Nyu-York Siti»ga qarshi kechgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsda gol urdi.

35 yoshli fransiyalik futbolchi ketma-ket to‘rtinchi o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida u 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Grizmanning gol yoki golli uzatma bilan yakunlangan seriyasi esa ketma-ket 11 ta bahsga yetdi. Bu vaqt oralig‘ida u 12 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi MLSning ushbu mavsumida 15 ta o‘yinda 13 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Grizmann 2026-yilda «Orlando Siti» safida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Orlando City Orlando City
  • Nyu York City FC Nyu York City FC
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar