«Fiorentina», «Inter», «Milan» va boshqa jamoalarda ishlagan Stefano Pioli A Seriyaga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.
«Xorijga ko‘chib o‘tish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqyapman, ammo Italiyada qolishni istardim. Bu yerda o‘z salohiyatimni isbotlamoqchiman. Xorijdan ko‘plab takliflar oldim, lekin Ispaniya, Angliya yoki Fransiyadan emas. Italiyadan ham bir nechta taklif bo‘ldi, ammo ularning hech biri jiddiy darajaga yetmadi.
Men murabbiy sifatida hali hisobdan chiqarilganim yo‘q. Ha, so‘nggi tajribam muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, ammo o‘zimni ruhan yosh his qilyapman va hali ko‘p narsaga qodirman. Futbol shunaqa: ijtimoiy tarmoqlar odamlarga hissiyotlarga asoslangan tamg‘alar yopishtiradi. Ikki g‘alaba qozonsang, endi seni hisobdan chiqarishmaydi», — dedi Pioli.
Ma’lumot uchun, Pioli faoliyati davomida «Milan» bilan ishlagan va boshqa Italiya klublarida ham murabbiylik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassisning so‘nggi ish joyi «Fiorentina» bo‘lgan.