Live
7
O'zbek

«Barselona» Vitinyaga qiziqish bildirmoqda

Futbol
25 oktabr, 06:01
Vitinyaning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
«Barselona» Vitinyaga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«PSJ» va Portugaliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Vitinya «Barselona» klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar portugaliyalik 26 yoshli futbolchining o‘yin saviyasi va maydondagi harakatlarini yuqori baholamoqda. Biroq hozircha transfer borasida aniq muzokaralar olib borilmagan.

«PSJ» esa o‘zining yetakchi futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas. Vitinyaning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Futbolchining o‘zi ham jamoada o‘zini qulay his qilmoqda va «PSJ» bilan yana yangi sovrinlarni qo‘lga kiritishga intilmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq «Real» ham Vitinya xizmatiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar