Live
5
O'zbek

«MYU», «Liverpul» va «Arsenal» «Bavariya» yarimhimoyachisi uchun kurashishi mumkin

Futbol
25 oktabr, 05:30
Myunxen klubi 18 yoshli Lenart Karlning maydondan tashqaridagi xatti-harakatlaridan ham norozi ekani aytilmoqda.
«MYU», «Liverpul» va «Arsenal» «Bavariya» yarimhimoyachisi uchun kurashishi mumkin
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Arsenal» «Bavariya» hujumkor yarimhimoyachisi Lenart Karl bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi ushbu mavsumda o‘zi kutganidan kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. «Bavariya» rahbariyatining xavotirlari faqat futbol bilan cheklanmaydi: klub nemis futbolchisining maydondan tashqaridagi ayrim xatti-harakatlaridan ham norozi. Myunxenliklar yosh futbolchining o‘z rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratishini istamoqda.

Xabarda aytilishicha, vositachilar Karlning vaziyatini diqqat bilan kuzatayotgan klublar bilan bog‘lanmoqda. Agar holat yaxshilanmasa, futbolchining kelajagi 2027-yilda muhokama qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Karl ushbu mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta bahsda qatnashib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Bavariya» bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali 18 yoshli futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar