«Barselona» klubi «Manchester Siti»ning ikki nafar yulduz futbolchisi — hujumchi Erling Holand va vingеr Jeremi Dokuni transfer qilish masalasida muzokaralarga kirishdi. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Angliyaning amaldagi grand klubiga har ikki futbolchining transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. «Barselona» ushbu shov-shuvli kelishuvni kelasi yilning yozgi transfer oynasida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik 26 yoshli Holandning bozor qiymati 220 million yevroni tashkil etadi. Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Jeremi esa Manchester klubi bilan shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Belgiyalik vingеrning bozor qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.