Live
4
O'zbek

Romano Xvicha «PSJ» emas, boshqa bir top-klub safida to‘p tepishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi

Futbol
25 oktabr, 05:22
Insayder 2025-yil yanvarida gruziyalik vinger «Liverpul» klubi futbolchisiga aylanishi mumkinligini esga oldi.
Romano Xvicha «PSJ» emas, boshqa bir top-klub safida to‘p tepishi mumkin bo‘lganini ma’lum qildi
Foto: Gettyimages

Taniqli insayder Fabritsio Romano 2025-yil yanvar oyida gruziyalik vinger Xvicha Kvaratsxeliya «Liverpul» futbolchisiga aylanishi mumkin bo‘lganini esga oldi. Natijada qanot hujumchisi «Napoli»dan «Pari Sen-Jermen»ga o‘tdi. Manbaga ko‘ra, o‘sha paytda futbolchiga Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirgan, biroq Kvaratsxeliya parijliklarning taklifini qabul qilishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, gruziyalik futbolchi Fransiya poytaxti klubi tarkibida ikki yildan kamroq vaqt ichida to‘qqizta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, Xvicha ikki karra UYEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrinini, ikki karra Fransiya chempionligi, UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubogi sohibiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liverpul Liverpul
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar