Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Malo Gyusto Angliya premer-ligasini tark etmagan holda, jamoasini o‘zgartirishi mumkin, deb xabar bermoqda Teamtalk.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi xizmatlariga «Manchester Siti» jamoasi qiziqish bildirmoqda. Agarda «aristokratlar» Gyusto transferi bo‘yicha talablarini pasaytirsa, «shaharliklar» himoyachini sotib olishga tayyor. Avvalroq, londonliklar o‘yinchisini 83 million yevroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli lateral «Chelsi» safiga-2023-yilning yanvar oyida borib qo‘shilgan. Malo va londonliklar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma-2030-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Gyusto APL yangi mavsumida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.