Live
1
O'zbek

Holand: «Jekson shunchaki ajoyib o‘yin o‘tkazdi»

Futbol
25 oktabr, 00:32
«Siti» forvardi jamoasining «Aston Villa»dan qabul qilib olgan mag‘lubiyatiga (1:2) izoh berdi.
Holand: «Jekson shunchaki ajoyib o‘yin o‘tkazdi»
Foto: Gettyimages
24.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Aston Villa Aston Villa 2 : 1 Manchester Siti Manchester Siti

Angliyaning «Manchester Siti» klubi hujumchisi Erling Holand jamoasining «Aston Villa»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan (1:2) so‘ng, taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Mezbonlar 6 va 60-daqiqalarda gol urgan Nikolas Jeksonning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Holand mehmonlarning yagona goliga (52-daqiqada) mualliflik qildi.

«Aston Villa» shafqatsiz edi: darvozaga ikkita zarba - ikkita gol. Ofarin. Jekson shunchaki ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Unga tan berish kerak.

Menimcha, biz ba’zi mayda detallarda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin. Biz qachon oldinga yurishni, qachon to‘pni ushlab turishni va sur’atni pasaytirishni yaxshiroq tushunishimiz zarur. Shuningdek, albatta, yakkakurashlarda ko‘proq g‘alaba qozonishimiz, yanada ko‘proq kurashishimiz mumkin deb hisoblayman. O‘zim ham ko‘proq gol urishim mumkin edi», - deya Holandning so‘zlaridan iqtibos keltiradi City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, Enso Mareski jamoasi APLning yangi mavsumida birinchi bor muvaffaqiyatsizlikka duch keldi, ammo hali ham jadvalda peshqadamlik qilmoqda — ammo, endi «Arsenal»ning ochkolari soni ham xuddi shuncha (21).

Avvalroq, «Siti» Mourinioning rekordini yangilay olmagani haqida xabar bergandik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar